Logo

Markaziy bank aholini soxta banklardan ogohlantirdi

Bugun 12:381 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilayotgani aytilmoqda.

Markaziy bank aholini soxta banklardan ogohlantirdi © Foto: Vaqt.uz

Markaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank nomidan tayyorlangan soxta litsenziya tarqatilmoqda.

Markaziy bankka ko‘ra, tarqatilayotgan soxta hujjatlarda ko‘rsatilgan «Oltin Oy Kredit» aksiyadorlik-tijorat banki mavjud emas

1

2


Shuningdek, Markaziy bank ushbu tashkilotga hech qanday litsenziya rasmiylashtirilmaganligini ma’lum qildi.

«Fuqarolar va tashkilotlarni bunday firibgarlik harakatlaridan ogoh bo‘lishga chaqiramiz», — deyiladi regulyator xabarida.

Ma’lumot uchun, litsenziyaga ega banklar ro‘yxatini ushbu havola orqali Markaziy bankning rasmiy veb-saytidan tekshirib olish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid