Metroda qog‘oz chiptalar sotib olish 3,5 barobarga kamaydi
02.10.2025 | 17:3017683
2025 yil avgust oyida jamoat transportlarida jami 47,9 million marta tranzaksiya amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38 foizga yuqori.

Hukumat qarori bilan 2025 yil boshidan avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatilgan edi. Bu chora natijasida jamoat transportlarida bank kartalari va mobil to‘lovlardan foydalanish sezilarli darajada ko‘paydi. Xususan, bank kartalari orqali to‘lovlar bir yil ichida to‘rt barobarga o‘sdi.
Metrodagi yo‘lovchi oqimini tahlil qilganda, qog‘oz chiptalarga bo‘lgan talab ancha pasaygani ko‘riladi. Oxirgi bir yilda metrodagi qag‘oz chiptalar xaridi 3,5 barobarga kamaygan.
Shu bilan birga, mobil QR-kodli chiptalardan foydalanish qariyb besh barobarga ko‘paydi. bugungi kunda yo‘lovchilarning asosiy qismi metrodan foydalanishda bank kartalari yoki mobil to‘lov turlarini afzal ko‘rmoqda.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshirilgan tranzaksiyalar ulushi 85 foizdan ortiqni tashkil etdi. Shu bilan birga, boshqa viloyatlar ichida yo‘lovchilar soni bo‘yicha Samarqand va Namangan viloyatlari yetakchi sifatida qayd etildi. Ayniqsa, so‘nggi bir yilda eng yuqori o‘sish Namanganda kuzatilgani qayd etilmoqda.