add

Microsoft G‘azodagi urushda Isroilga yordam ko‘rsatgani tasdiqlandi

26.09.2025 | 22:3012145

Bu fakt tasdiqlangan kompaniya Isroil askarlariga ba’zi xizmatlardan foydalanishni taqiqladi.

Microsoft G‘azodagi urushda Isroilga yordam ko‘rsatgani tasdiqlandi
Microsoft OAV tekshiruvida Isroil harbiy bo‘linmasi tomonidan Falastin fuqarolarining telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatish uchun dasturiy ta’minot ishlatilgani haqidagi dastlabki dalillar tasdiqlangach, mazkur bo‘linmaga ba’zi xizmatlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Sky.news xabar berdi. Avgust oyida The Guardian va boshqa nashrlar tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tekshiruvda aytilishicha, bo‘linma G‘azo va Isroil bosib olgan G‘arbiy Qirg‘oqda yashovchi falastinliklarning millionlab mobil telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlarini saqlash uchun Microsoft’ning Azure dasturiy ta’minotidan foydalangan. «Biz fuqarolarni ommaviy kuzatishni osonlashtiradigan texnologiyalarni taqdim etmaymiz», - degan Microsoft prezidenti Bred Smit kompaniya blogida. Uning aytishicha, IMOD’ning ayrim obunalarini, jumladan, ma’lum bulutli saqlash va sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatish va o‘chirish qarori Microsoft’ning Isroil va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga ko‘rsatadigan kiberxavfsizlik xizmatlariga ta’sir qilmaydi. Microsoft va G‘azo The Guardian nashriga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi G‘azo hujumlari davomida Isroil mudofaa kuchlariga (IDF) bulutli hisoblash va sun’iy intellekt texnologiyalari bilan faol yordam ko‘rsatgan. (https://azon.global/kr/posts/halqaro-hayot/microsoft-am-gazodagi-urusda-isroil-armiiasiga-erdam-krsatdi-the-guardian)Isroil armiyasi Microsoft'ning bulutli xizmatlari va sun’iy intellekt tizimlariga 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumlardan keyin yanada ko‘proq ishona boshladi. Oshkor qilingan hujjatlarga ko‘ra, kompaniya Isroil mudofaa idorasi bilan munosabatlarini chuqurlashtirib, minglab soatlik texnik yordamni o‘z ichiga olgan kamida 10 million dollarlik shartnomalar tuzgan. Microsoft IDF'ning ma’lumotlarni saqlash va hisoblash quvvatlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun tezkor qadamlar qo‘ygan. Tergov The Guardian, 972 Magazine va Local call nashrlarining hamkorligida o‘tkazilgan bo‘lib, Drop Site News tomonidan olingan hujjatlarga va Isroil mudofaa va razvedka idoralaridagi manbalar bilan intervyularga asoslanadi. Isroil armiyasi G‘azodagi hujumlar chog‘ida ma’lumotlar saqlash va hisoblash infratuzilmasini kengaytirish uchun Amerikaning yirik texnologiya kompaniyalariga murojaat qilgan.

Teglar

Mavzuga oid