add

Mirziyoyev Islomobodda: prezident samolyotini qiruvchi samolyotlar kuzatib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Pokistonga davlat tashrifi bilan bordi. Bugun Oliy bosh qo‘mondon bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev Islomobodda: prezident samolyotini qiruvchi samolyotlar kuzatib bordi © Фото: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan Islomobodga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qilan.

“Nurxon” aeroportida davlat rahbarini Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun, 5-fevral kuni Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 6-fevral kuni Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid