
Navoiyda bank xodimi 190 mln so‘m pora olgan vaqtda ushlandi
15.05.2025 | 12:4840932
Xatirchi tumanidagi tijorat bank xodimi 2021 yildagi hokim qarorlari asosida ijaraga berilgan yerning bir qismini xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 190 mln so‘m pora olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ushbu yer maydoni bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka tegishli bo‘lib, bank xodimi uni o‘z otasi boshqaradigan fermer xo‘jaligi uchun rasmiylashtirishda yordam berishini aytib kelgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu jinoyat aniqlandi va dalillar to‘plandi.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining firibgarlik ayblovini nazarda tutuvchi 25-168-moddasi 4-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.





