Logo

Nobel mukofoti uchun beriladigan pul miqdori oshirildi

Bugun 09:551 daqiqa

Bu qaror mukofotning 125 yilligi munosabati bilan qabul qilindi. 2012-yilda jamg‘arma moliyaviy holatini mustahkamlash dasturi doirasida mukofotning pul miqdorini kamaytirgan edi. Shundan keyin esa mukofot summasi bir necha marta oshirildi.

Nobel mukofoti uchun beriladigan pul miqdori oshirildi © rte.ie

Nobel jamg‘armasi 2026-yilda har bir yo‘nalish bo‘yicha beriladigan mukofot miqdorini 1 million shved kronasiga (taxminan 101 ming dollar) oshirdi. Endilikda mukofot miqdori 12 million krona (taxminan 1,2 million dollar)ni tashkil etadi. Bu haqda tashkilot o‘z saytida ma’lum qildi.

Bu qaror Nobel mukofotining 125 yilligi munosabati bilan qabul qilindi. Mukofotlar ilk bor 1901-yilda topshirilgan.

2012-yilda jamg‘arma moliyaviy holatini mustahkamlash dasturi doirasida mukofotning pul miqdorini kamaytirgan edi. Shundan keyin esa mukofot summasi bir necha marta oshirildi.

«Mukofot miqdorini oshirish orqali biz Nobel mukofotining uzoq muddatli ahamiyatini qo‘llab-quvvatlaymiz va uning moliyaviy qismining vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini saqlab qolishini ta’minlaymiz», — deydi jamg‘arma ijrochi direktori Hanna Styorne.

Nobel mukofoti shved ixtirochisi va tadbirkor Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan. U beshta yo‘nalish bo‘yicha beriladi: fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot va tinchlikni mustahkamlash. Bundan tashqari, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel xotirasiga bag‘ishlangan alohida mukofot mavjud. Uni Shvetsiya banki 1968-yilda ta’sis etgan va birinchi marta 1969-yilda topshirilgan.

2025-yilda to‘liq Nobel mukofoti miqdori 11 million shved kronasi (taxminan 1,17 million dollar)ni tashkil etgan.

2026-yilda ushbu mukofot uchun 287 nomzod ko‘rsatilgan: ulardan 208 nafari shaxslar, 79 tasi esa tashkilotlar. Sovrindorlarning ismlari 5–12-oktabr kunlari e’lon qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid