add

Oktyabr oyining birinchi haftasi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

29.09.2025 | 12:4013954

«O‘zgidromet» 29 sentyabr — 5 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Oktyabr oyining birinchi haftasi qanday ob-havo bilan boshlanadi?
29 sentyabr — 5 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, hafta boshida havo iliq va asosan quruq bo‘lib, harorat +25…+33 daraja atrofida saqlanadi. Hafta o‘rtasida kelib havo sovishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi joylarida kuchli shamollar, yomg‘ir va hatto ayrim tog‘ hududlarida qor yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonda haftaning dastlabki kunlari ob-havo asosan quruq va iliq kechadi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi harorat +28…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Navoiy viloyati shimolida o‘rtacha yog‘ingarchilik ehtimoli qayd etilmoqda. Shimoliy hududlarda esa harorat nisbatan past bo‘ladi. Chorshanba kunidan boshlab Moskva ustida turgan antisiklonning janubiy chekkasi O‘zbekiston hududiga kirib keladi. Buning ta’sirida kuchli g‘arbiy shamollar, chang to‘zon va yomg‘irlar kuzatilishi mumkin. Harorat keskin pasayib, kunduzi +18…+23 daraja, tunda esa +8…+13 darajagacha tushishi kutilmoqda. Shimolda tunda havo +5 darajagacha sovishi mumkin. Ayrim tog‘ etaklarida ilk qor yog‘ishi ehtimoli ham bor. Payshanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilyapti. Juma kuni esa yomg‘ir asosan Farg‘ona vodiysida yog‘ishi mumkin. Yog‘inlar kuchli emas, turli hududlarda turlicha taqsimlanishi aytilmoqda. Hafta oxiriga kelib, ya’ni shanba va yakshanba kunlari ob-havo barqarorlasha boshlaydi. Harorat asta-sekin ko‘tariladi. Ammo kuz faslining oktyabr oyiligini inobatga olib, mutaxassislar aholidan salomatligiga e’tiborli bo‘lishni va ob-havoga mos kiyinishni tavsiya bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Oktyabr oyining birinchi haftasi qanday ob-havo bilan boshlanadi? | Vaqt.uz