Oliy ta’limga kirish imtihonlari-2025: raqamlar nima deydi?
05.09.2025 | 19:3029148
2025 yilda 614 ming 768 nafar abituriyent imtihon topshirdi. Testga kirganlarning 41 foizi minimal o‘tish balini ham to‘play olmadi. Vaqt.uz hududlar kesimida o‘rtacha ball, talaba bo‘lganlik darajasidagi tafovutlar va buning o‘tgan yillar bilan farqini tahlil qildi.

Statistikalarga ko‘ra, 2025-2026 yil o‘quv yili uchun oliy ta’limga hujjat topshirish foizlari bir necha barobarga tushib ketdi. Xususan, 2025 yilgi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 732 ming 411 nafar bo‘lib, bu oxirgi 7 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir. Shundan 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.
[caption id="attachment_15834" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Vaqt.uz[/caption]
Bu ko‘rsatkich test sinovlariga o‘tgan yilga qaraganda 122 mingga kam abiturent qatnashganini anglatadi. mandat.uzbmb.uz saytining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, 41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan. Huqushunos Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, oxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan. Xususan, 2024-yilda testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9 foiz)i, 2023-yilda esa 439 ming 337 nafar (49,4 foiz) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
[caption id="attachment_15835" align="aligncenter" width="633"]
Manba: Xushnudbek.uz[/caption]
Jadvalga ko‘ra, 2025 yilda eng yomon ko‘rsatkich, odatdagidek, Andijon viloyatida (47,6 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4 foiz) qayd etilgan..
2023 yilda 8 ta hududda, 2024 yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. .
🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
⬆️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9 foiz;
⬆️ Navoiy — 8,9 foiz;
⬆️ Sirdaryo — 8,1 foiz;
⬆️ Buxoro — 7,8 foiz;
⬆️ Qashqadaryo — 6 foiz.
O‘rtacha ball bo‘yicha qaysi viloyatlar yetakchi?
[caption id="attachment_15836" align="aligncenter" width="633"]
Manba: Xushnudbek.uz[/caption]
Bilimlarni baholash agentligi taqdim etgan statistikalarga ko‘ra, hududlar kesimida o‘rtacha ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan — 89,5 ball. Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan.
Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri (82,8) hamda Navoiy viloyati (80,4) egallagan.
Eng quyi pog‘onadan esa Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7) hamda Andijon (70,9) joy olgan.
Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 76,9 ballni tashkil qilgan.
O‘z navbatida, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali 81,7 ballni tashkil qilgan.
Qaysi viloyatdagi bitiruvchilarning eng ko‘pi talaba bo‘ldi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu boradagi reytingiga ko‘ra, 2025 yilda respublikada 438 869 nafar o‘quvchi maktabni bitirgan. Ularning 327 673 nafari test sinovlarida ishtirok etgan. Shundan 113 176 nafari, ya’ni 25,8 foizi talabaga aylangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida Navoiy viloyati yetakchilik qilgan: test sinovlarida qatnashgan bitiruvchilarning qariyb yarmi, ya’ni 48,4 foizi o‘qishga kirgan. Keyingi o‘rinlarni 38,2 foiz bilan Buxoro viloyati hamda 32,4 foiz bilan Jizzax viloyati egallagan.
[caption id="attachment_15837" align="aligncenter" width="633"]
Manba: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi[/caption]
Shuningdek, 2025 yilda 619 nafar bitiruvchi test sinovlarida eng yuqori 189 ballni to‘play olgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 5 barobarga ko‘p. Davlat granti kvotasining 84,2 foizini (29 881 nafar) joriy yil bitiruvchilari egallagan.
[caption id="attachment_15838" align="aligncenter" width="633"]

Eslatib o‘tamiz, o‘qishga kirish darajasi yuqori bo‘lgan Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati barcha 60 nafar bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Mehrinoz Farmonova tayyorladi.