add

OPEC+ sentyabrda neft ishlab chiqarishni 547 ming barrelga oshiradi

03.08.2025 | 20:303963

OPEC+ alyansiga a’zo sakkizta davlat, jumladan Rossiya va Saudiya Arabistoni, sentyabr oyidan boshlab neft ishlab chiqarishni kuniga 547 ming barrelga oshirishga kelishib oldi.

OPEC+ sentyabrda neft ishlab chiqarishni 547 ming barrelga oshiradi
Bu haqda Reuters agentligi OPECning rasmiy bayonotiga tayanilgan holda xabar berdi. Jumladan, Rossiya uchun belgilangan kunlik kvota 9,449 mln barrelni tashkil etadi. Shunday qilib, apreldan sentyabrgacha so‘nggi ixtiyoriy qisqartirish — kuniga 2,2 mln barrel miqdoridagi neft bozorga to‘liq qaytarilishi rejalashtirilmoqda. Bir vaqtning o‘zida BAA sentyabr oyida ishlab chiqarish kvotasini 300 ming barrelga oldindan oshiradi. OPEC+ mamlakatlari o‘z bayonotida neft bozoridagi barqarorlikni ta’minlashga sodiqligini, buni sog‘lom asosiy ko‘rsatkichlar va jahon iqtisodiyotining barqaror o‘sishi bilan izohlashganini ta’kidlashdi. Ularning ta’kidiga ko‘ra, sentyabrda belgilangan ishlab chiqarish o‘sishi avvalgi ortiqcha ishlab chiqarishni qoplashni jadallashtiradi. Ayni paytda OPEC+ oldida ikki bosqichli qisqartirish rejasi qolmoqda: sakkizta a’zo davlat uchun — 1,65 mln barrel va butun alyans uchun — 2 mln barrel. Alyansning keyingi yig‘ilishi 7 sentyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu qaror AQSH Prezidenti Donald Trampning Hindistonga Rossiya neftini import qilishni to‘xtatish talabi yangragan bir paytda qabul qilindi. Agar bu talab amalga oshsa, Moskva katta daromadlardan mahrum bo‘lishi va bu yangi global ta’minot inqiroziga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, jahonda to‘rtinchi chorakda talab pasayishi kutilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, tarif va sanksiyalar atrofidagi noaniqlik bu hafta Brent narxini besh haftaning eng yuqori ko‘rsatkichi — 73,63 dollarga olib chiqdi. Juma kuni esa neftning bir barreli 70 dollar atrofida savdolashildi.

Teglar

Mavzuga oid