add

Ozarboyjon Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

20.07.2025 | 09:0050293

Prezident Ilhom Aliyevga ko‘ra, AZAL uchog‘i halokati yuzasidan Rossiya tomonidan javob berilmayotgani Ozarboyjonni xalqaro sudga murojaat qilishga majbur qilmoqda.

Ozarboyjon Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat xalqaro sudlarga Rossiyaga qarshi da’vo arizasi tayyorlayotganini ma’lum qildi. Bu 2024 yil 25 dekabr kuni Oqtov shahrida AZAL aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi uchoqning halokati bilan bog‘liq. Ayni paytda rasmiy Boku Rossiya tomonidan hech qanday aniq izoh berilmayotganini ta’kidlamoqda. Aliyevning ta’kidlashicha, hodisa yuzasidan manzara mutlaq ravshan. O‘tgan yetti oy davomida Rossiya tomoni Ozarboyjonning so‘rovlariga faqat «tergov davom etmoqda» degan javobni bermoqda. Prezidentga ko‘ra, Bosh prokuror Rossiya Tergov qo‘mitasiga bir necha bor rasmiy murojaat yuborgan, ammo natija bo‘lmagan. Ozarboyjon rahbari Rossiyaning bunday pozitsiyasini samarasiz va noqonuniy deb hisoblamoqda. Aliyev Malayziyaga tegishli Boeing-777 halokati bo‘yicha Donbassdagi tergov 10 yil davom etganini eslab, Ozarboyjon ham xuddi shunday kutishi mumkinligini ta’kidladi. Ma’lumot uchun: 2024 yil 25 dekabr kuni Boku–Grozniy yo‘nalishidagi AZAL aviakompaniyasiga tegishli Embraer E190 uchog‘i Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga yo‘naltirilgan, so‘ng Oqtovda halokatga uchragan. Unda 38 kishi halok bo‘lib, 29 nafar yo‘lovchi tirik qolgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchoq Rossiyaning havo mudofaa raketasi bilan urib tushirilgan. Ozarboyjon rasmiylari bu holat yuzasidan xalqaro huquqiy maydonda jiddiy harakat boshlash niyatida ekanini bildirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ozarboyjon Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda | Vaqt.uz