add

O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi

05.09.2025 | 20:403443

O‘zbekiston Respublikasida davlat tili o‘zbek tilidir.

O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi
O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi. U ovozli menyu va operatorlar bilan muloqotda davlat tilini qo‘llamagan, hujjatlar esa faqat rus va ingliz tillarida taqdim etilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro X.E. «VFS Global» vakolatxonasi xizmatlarida (ovozli menyu, operatorlar, hujjatlar) davlat tili qo‘llanilmayotgani hamda ish yuritish hujjatlarining faqat rus va ingliz tillarida bo‘layotganidan noroziligini bildirgan. «Davlat tili haqida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib, ushbu holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan kompaniyaga tegishli choralar ko‘rish va 10 kun ichida javob taqdim etish yuzasidan rasmiy murojaat yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘lib, «Davlat tili haqida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan uning qo‘llanilishi qat’iy tartibga solingan. «Qo‘mita tomonidan ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda hamda davlat tilida iste’molchilarga to‘liq va tushunarli axborot taqdim etilishini ta’minlash masalasi nazoratga olingan», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid