O‘zbekiston bir oyda 100 tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qildi

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qariyb 100 mln dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga ko‘p. Shu davrda xorijga sotilgan to‘qimachilik mahsulotlarining qiymati esa bundan ikki barobar ortiq.

O‘zbekiston bir oyda 100 tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qildi

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 99,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 106,8 ming tonna meva-sabzavotlar va 216,5 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bildirlishicha, meva-sabzavotlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 5,9 foizini tashkil etgan.

Ularning tarkibi quyidagicha:

meva va rezavorlar – 31,3 ming tonna;

sabzavotlar – 36,7 ming tonna;

mosh – 9,4 ming tonna;

yeryong‘oq va yong‘oqlar – 2,4 ming tonna;

boshqalar – 26,8 ming tonna.

To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi esa 12,8 foizni tashkil etgan. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 51 foiz

Ip-kalava – 31 foiz

Trikotaj mato – 8 foiz

Gazlamalar – 7 foiz

Paypoq mahsulotlari – 2 foiz

Gilamlar – 1 foiz

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,7 foizga yuqori.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):

Rossiya – 325,8 mln

Xitoy – 178,1 mln

Afg‘oniston – 136,7 mln

Fransiya – 103,6 mln

Turkiya – 84,3 mln

Qozog‘iston – 81,6 mln

Qirg‘iziston – 46,5 mln

Tojikiston – 45,7 mln

BAA – 41,4 mln

AQSH – 32,1 mln

Shu davrda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasining o‘zi esa 5,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd AQSH dollariga yoki 29,2 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 1,7 mlrd (+26,7 foiz)

Import – 4,1 mlrd (+30,3 foiz) AQSH dollarini tashkil etdi.

2026 yilning ilk oyida O‘zbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,9 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozog‘iston (7,1 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Afg‘oniston (2,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Teglar

Mavzuga oid