add

O‘zbekiston qachon o‘rta-yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kiradi?

03.07.2025 | 11:4612083

1991 yildan buyon jahonda past daromadli davlatlar soni kamayib, yuqori daromadli davlatlar soni ortib bormoqda. O‘zbekiston esa o‘rta-yuqori daromadli davlatlar qatoriga chiqish sari intilmoqda.

O‘zbekiston qachon o‘rta-yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kiradi?
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyeving Jahon banki ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, 1991 yilda jahonda 54 ta davlat past daromadli mamlakatlar qatoriga kirar edi. 2025 yilga kelib ularning soni 25 tagacha kamaydi. Shu bilan birga, yuqori daromadli davlatlar soni 39 tadan 87 tagacha ko‘paygani qayd etilgan. O‘zbekiston hozirda o‘rta-past daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. Bu guruhga kiruvchi davlatlar soni 1991 yilda 64 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 50 tagacha qisqargan. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston o‘rta-past daromadli davlatlar qatorida bo‘lgan. Biroq iqtisodiy pasayish va milliy valyutaning kursdagi noaniqligi tufayli O‘zbekiston 1998 yildan 2008 yilgacha past daromadli davlatlar guruhiga tushib qoldi. Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston va Turkmaniston shu davrda o‘rta-past daromadli guruhdan o‘rta-yuqori daromadli guruhga ko‘tarilgan. Shuningdek, Tojikiston past daromadli davlatlar guruhidan o‘rta-past daromadli guruhga chiqishga erishgan. O‘zbekistonning ham o‘rta-yuqori daromadli davlatlar guruhiga o‘tishi uchun jon boshiga daromad 4500 dollardan oshishi lozim. Hozirgi tendensiyalar davom etsa, O‘zbekiston bu ko‘rsatkichga 2028 yildan keyin yetishi mumkin. Bu borada so‘nggi uch yildagi dollardagi o‘rtacha daromad o‘sish sur’atlari umid bag‘ishlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid