add

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatildi

15.06.2025 | 10:3023702

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviachiptalar bo‘yicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatildi
Tel Aviv aeroportida havo makonidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi barcha parvozlarni vaqtincha bekor qildi. Aviakompaniyaga ko‘ra, ushbu qaror mintaqadagi xavfsizlik va navigatsiya imkoniyatlari bilan bog‘liq ravishda qabul qilingan. Bekor qilingan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilar chiptalarni majburiy tartibda qaytarib olishlari yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilishlari mumkin. Bunda aviakompaniyaning rasmiy vakolatxonalari yoki sayt orqali murojaat qilish talab etiladi. Parvozlar qachondan qayta tiklanishi borasida hozircha aniq ma’lumot berilmagan. Shuningdek, Air Samarkand va Qanot Sharq aviakompaniyalari ham Samarqand – Tel Aviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni vaqtincha to‘xtatishgan. BAAning Air Arabia aviakompaniyasi ham Markaziy Osiyo davlatlariga parvozlarni vaqtincha to‘xtatayotganini e’lon qildi.

Teglar

Mavzuga oid