add

O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev 81 yoshida vafot etdi

26.08.2025 | 10:4035563

O‘zbek baxshichilik san’atining yirik vakillaridan biri, O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayev 81 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev 81 yoshida vafot etdi
U umrining so‘nggi yillarida ham yosh avlodga baxshichilik an’analarini o‘rgatib kelayotgan edi. Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, san’atkor 1944 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. Ilk mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Boltayev 1968 yilda Termiz davlat pedagogika institutida tahsil olgan. U baxshichilik sirlarini mashhur ustoz Xushboq baxshi Mardonaqulovdan o‘rgangan. Shoberdi baxshi yoshligidan do‘mbira chalishga qiziqib, yetti yoshidan turli termalarni ijro eta boshlagan. Uning ilk termasi «Oypari», birinchi dostoni esa «Nurxonning yutilishi» bo‘lgan. Keyinchalik «Alpomish», «Oltin qovoq», «Kuntug‘mish», «Suluvxon», «Malla savdogar» kabi ko‘plab doston va termalarni repertuariga kiritgan. U 1983 yil Shaxrisabzda o‘tgan respublika baxshilar ko‘rigida 3-o‘rin, 1989 yil Denovda 1-o‘rinni olgan. 1990 yil Qozog‘istondagi «Oltin olma» festivalida ham taqdirlangan. 1991 yil Toshkentda Markaziy Osiyo baxshilar ko‘rigida oliy mukofotga sazovor bo‘lgan. Shoberdi Boltayev 1993 yil Prezidentning faxriy yorlig‘iga, 2002 yil «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoniga, 2007 yil esa «El-yurt hurmati» ordeniga sazovor etilgan. Uning «Oyparcha» termasi va «Malla savdogar» dostoni kitob holatida nashr etilgan. Oxiratgi yillarda u Termizdagi baxshichilik maktabida yosh avlodga saboq berib, milliy merosni asrab-avaylash va kelajakka yetkazishda xizmat qildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev 81 yoshida vafot etdi | Vaqt.uz