add

O‘zbekistonda 40-50 yillik avtomashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin

10.07.2025 | 14:3048273

Qonunchilikka o‘zgartish kiritilib, «Yevro-5» talablari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

O‘zbekistonda 40-50 yillik avtomashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin
O‘zbekistonda ishlab turgan 40–50 yillik avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish taklifi bildirildi. Bu haqda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 9 iyul kuni davlat rahbari ishtirokida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bir qator takliflar muhokama qilindi. Qodirov bu tashabbusni to‘g‘ri deb baholab, hatto avtotransport uchun 25–30 yillik cheklovni joriy etishni ham inkor etmadi. Biroq, bu kabi choralar amalga oshirilishida aholiga qulay va ta’sirli almashtirish mexanizmlari ham taklif etilishi kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilishda avtohuquqbuzarliklarga qarshi “Surunkali qoidabuzarlar” dasturini joriy etish, davlat xizmat mashinasiga shaxsiy maqsadda foydalanishni cheklash, nomunosib «parkovka» holatlari uchun jazo kuchaytirilishi aytildi. Qodirov o‘z fikricha, ayrim holatlarda harakat tezligi belgilanganda sharoit, joy va vaqt hisobga olinishi kerakligini qayd etdi. Shuningdek, u IIV tizimidagi kadrlar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha ham takliflar berdi. Uning ta’kidlashicha, faqat bilimli va jamiyatga namuna bo‘la oladigan mutaxassislar politsiya safida ishlashi kerak. Fraksiya rahbarining ma’lum qilishicha, 2030 yilgacha Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida «Yevro-5» va undan yuqori standartga javob bermaydigan avtomashinalarni iste’moldan chiqarish bo‘yicha qonunchilik o‘zgarishlari muhokama qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 40-50 yillik avtomashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin | Vaqt.uz