
O‘zbekistonda byudjet xodimlari maoshi 10 foizga oshiriladi
03.06.2025 | 13:2039982
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda byudjet xodimlarining oylik maoshlari 10 foizga oshirilishini ma’lum qildi. Bu borada prezident farmoni imzolangan.

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror prezident farmoni bilan rasman tasdiqlangan. Ammo maoshlar qaysi sanadan boshlab oshirilishi hozircha aniq ma’lum qilinmadi.
Byudjet sohasidagi navbatdagi maosh oshirilishi aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgan edi. Shuningdek, 1 oktyabrdan davlat tashkilotlari xodimlari, xususan, pedagoglar (oliy ta’limdan tashqari) va shifokorlar oyliklari 15 foizga ko‘tarilgan.
Yangi farmon orqali mazkur ijtimoiy siyosat yana davom ettirilayotgani ko‘rinib turibdi. Maosh oshirilishi byudjet tashkilotlari faoliyatida samaradorlikni oshirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.





