Logo

O‘zbekistonda elektromobillar soni 122 mingdan oshdi: Ularning 72 foizi Toshkentda harakatlanmoqda

Bugun 21:133 daqiqa

O‘zbekistonga olib kirilgan jami yengil avtomobillarning 71 foizini elektromobillar tashkil etdi va ushbu importning qariyb 96 foizi yagona davlat — Xitoy tomonidan ta’minlandi.

O‘zbekistonda elektromobillar soni 122 mingdan oshdi: Ularning 72 foizi Toshkentda harakatlanmoqda © energyinstitute.jhu.edu

O‘zbekistonda elektromobillar soni o‘sishda davom etmoqda. Milliy statistika qo‘mitasining 2026 yil 21-sentabrda e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, 1-iyul holatiga mamlakatda 122,7 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatkich 1-aprel holatidagi 109,2 mingtadan 13,5 mingtaga ko‘p. Uch oy ichida elektromobillar soni 12,4 foizga oshgan.

Elektromobillarning 72 foizdan ortig‘i Toshkentda

Elektromobillar mamlakat hududlari bo‘yicha bir xil taqsimlanmagan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 88 496 ta.

Undan keyin Toshkent viloyatida 9 546 ta, Samarqand viloyatida 4 870 ta, Xorazmda 3 784 ta, Qashqadaryoda 3 045 ta hamda Farg‘onada 2 442 ta elektromobil ro‘yxatga olingan.

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Hudud

Elektromobillar soni

Toshkent shahri

88 496

Toshkent viloyati

9 546

Samarqand viloyati

4 870

Xorazm viloyati

3 784

Qashqadaryo viloyati

3 045

Farg‘ona viloyati

2 442

Navoiy viloyati

2 227

Buxoro viloyati

1 963

Andijon viloyati

1 607

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1 387

Namangan viloyati

1 237

Sirdaryo viloyati

993

Jizzax viloyati

701

Surxondaryo viloyati

429

Toshkent shahridagi 88 496 ta elektromobilni mamlakatdagi 122,7 mingta umumiy ko‘rsatkichga nisbatan hisoblaganda, poytaxtning ulushi 72,1 foizni tashkil etadi.

Boshqacha aytganda, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan har 100 ta elektromobilning taxminan 72 tasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Uch oyda elektromobillar soni qancha oshdi?

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgan edi. O‘sha paytda ham Toshkent shahri keskin ustunlik qilgan: poytaxtda 79 851 ta elektromobil mavjud bo‘lgan.

1-iyul holatiga kelib esa Toshkentdagi ko‘rsatkich 88 496 taga yetgan. Demak, uch oy ichida poytaxtda elektromobillar soni 8 645 taga ko‘paygan.

Mamlakat bo‘yicha esa umumiy ko‘rsatkich 109,2 mingtadan 122,7 mingtaga chiqqan, ya’ni jami 13 500 taga oshgan.

Elektromobillar importi ham jadallashgan

Elektromobillar sonining o‘sishi import statistikasida ham yaqqol ko‘rinadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga 37 874 ta elektromobil import qilingan. Ularning umumiy qiymati 447,7 million dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 mingtaga ko‘p yoki 2,6 barobarlik o‘sishni anglatadi.

Importning asosiy qismi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan — 37 560 ta. Keyingi o‘rinlarda Gonkong (141 ta), Janubiy Koreya (80 ta), Germaniya (42 ta) va AQSH (21 ta) qayd etilgan.

Benzin, elektr yoki gibrid: O‘zbekistonga qaysi turdagi avtomobillar ko‘proq import qilinmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasining 2026 yil yanvar–iyul oylari bo‘yicha ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 65 876 ta yengil avtomobil import qilingan. Ularning umumiy qiymati 920,4 million dollarni tashkil etgan. Avtomobillar jami 29 ta davlatdan olib kelingan.

Turlar bo‘yicha taqsimot quyidagicha:

Avtomobil turi

Import hajmi

Elektromobil

46 749

Benzinli avtomobil

10 987

Gibrid avtomobil

8 077

Boshqa turlar

63

Jami

65 876

Rasmiy raqamlar asosida hisoblaganda, yanvar–iyul oylarida import qilingan yengil avtomobillarning 71,0 foizini elektromobillar, 16,7 foizini benzinli avtomobillar, 12,3 foizini esa gibridlar tashkil qilgan.

Shunday qilib, import tarkibida elektromobillar allaqachon benzinli va gibrid avtomobillarning har biriga qaraganda alohida katta hajmni egallamoqda.

 

Avtomobillarni asosan qaysi davlat yetkazib bermoqda?

Yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga import qilingan 65 876 ta yengil avtomobilning 63 039 tasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni AQSH (765 ta), Janubiy Koreya (737 ta) va Yaponiya (345 ta) egallagan. Boshqa davlatlardan esa jami 990 ta avtomobil import qilingan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoyning ushbu davrdagi yengil avtomobil importidagi ulushi 95,7 foiz atrofida bo‘lgan.

Elektromobillarning o‘zi bo‘yicha esa yanvar–iyun statistikasi Xitoyning ustunligini yanada yaqqolroq ko‘rsatadi: 37 874 ta elektromobilning 37 560 tasi aynan Xitoydan keltirilgan.

Teglar

Mavzuga oid