add

O‘zbekistonda hafta davomida harorat +28 darajaga yetadi

13.10.2025 | 12:0030043

Butun hafta davomida mamlakat bo‘ylab quyoshli va iliq ob-havo saqlanadi. Faqat shimoliy hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat +28 darajaga yetadi
O‘zbekiston bo‘ylab 13–17 oktyabr kunlari yomg‘irsiz va iliq ob-havo hukm suradi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. Sinoptiklarning qayd etishicha, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida 14 oktyabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda quyoshli va xush havo saqlanadi. Tungi harorat asosan +10…+13 daraja, ayrim joylarda +15 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduzi havo +25…+28 darajagacha, mamlakatning janubiy viloyatlarida esa +30…+33 darajagacha isiydi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik me’yordan yuqori hisoblanadi. Shimoliy hududlar va cho‘l zonalarida 13–14 oktyabr kunlari shamol sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Poytaxt Toshkentda ob-havo asosan quyoshli bo‘lib, ba’zi vaqtlarda ozgina bulutlanish kutilmoqda. Yomg‘ir yog‘maydi, sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikdagi yengil shamol esadi. Tungi harorat +10…+13 daraja, kunduzi esa +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Meteorologlar fikricha, hafta davomida kuzning iliq va xush havosi mamlakat bo‘ylab dam olish va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Teglar

Mavzuga oid