add

O‘zbekistonda hafta davomida salqin va quyoshli ob-havo kuzatiladi

18.08.2025 | 14:3031183

Bu haftada havo asosan yomg‘irsiz kechadi, lekin ayrim kunlarda shamol kuchayishi va harorat o‘zgarishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta davomida salqin va quyoshli ob-havo kuzatiladi
19 avgust kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Harorat kechasi +17...+19 daraja, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda ham quyoshli ob-havo hukm suradi, kundagi harorat +32...+37 darajani tashkil qiladi. Buxoro va Navoiyda ayrim joylarda shamol kuchayib, chanli havo kuzatilishi mumkin. Hafta o‘rtasiga kelib, Chorshanba va Payshanba kunlari mamlakatning ko‘pchilik hududlarida harorat yana ko‘tariladi. Bu kunlarda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent atrofida havo 37 darajagacha isishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda kunduzi +30...+37 daraja atrofida, kechalari esa +15...+20 daraja havo bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda havo nisbatan salqin bo‘lib, kunduzgi harorat +21...+28 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta oxirida ayrim hududlarda shamol yana kuchayishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryoda ayrim joylarda changli havo kuzatilishi ehtimol qilinmoqda. Shu bilan birga, 23 avgustdan boshlab havo biroz salqinlashib, ko‘p joylarda harorat kunduzi +30...+35 darajani tashkil etadi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni tog‘li hududlar va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida kuzga xos yomg‘irlar yog‘ib o‘tishi mumkin. Umuman olganda, haftaning boshi va oxiri nisbatan salqin, o‘rtasi esa issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid