add

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi juda issiq bo‘ladi

23.06.2025 | 18:0044383

23–25 iyun kunlari mamlakat bo‘ylab havo harorati +41 darajagacha yetadi. Payshanba kunidan boshlab harorat pasayib, haftaning ikkinchi yarmida nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi.

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi juda issiq bo‘ladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu davrda ob-havo asosan kam bulutli va yomg‘irsiz bo‘ladi. Kunduzgi harorat +38…+41 darajani, cho‘l va janubiy hududlarda ayrim joylarda +42…+44 darajani tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyatining shimoliy qismlarida 24–25 iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu yerlarda 25 iyun kuni harorat +26…+31 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Payshanba kunidan boshlab butun respublika bo‘ylab havo harorati pasayib, +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Juma kuni harorat biroz ko‘tarilib, ayrim hududlarda +38 darajagacha yetishi mumkin. Shu bilan birga, 25–26 iyun kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida 23 iyun, boshqa tog‘li hududlarda esa 26 iyun kuni yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent shahrida 23–25 iyun kunlari havo harorati +38…+41 daraja, 26 iyun kuni +31…+33 daraja, 27 iyunda esa +34…+36 daraja atrofida bo‘ladi. Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi juda issiq bo‘ladi | Vaqt.uz