add

O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibi belgilandi

06.08.2025 | 15:0024683

Yangi qonunda qoramol, ot, qo‘y, it, mushuk va boshqa hayvonlarni belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy bo‘ldi.

O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
2025 yil 6 avgust kuni «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra (https://t.me/huquqiyaxborot/18390), O‘zbekiston hududida jismoniy va yuridik shaxslar saqlaydigan yoki ko‘paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda ro‘yxatga olinishi shart. Vakolatli davlat organi sifatida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi belgilandi. Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olishning aniq muddatlari belgilangan. Xususan, qoramol, qo‘y, echki va tuyalar tug‘ilganidan 14 kun o‘tgach, otlar 4 oydan so‘ng, cho‘chqalar 1 oydan keyin, itlar va mushuklar esa tug‘ilganidan 3 oy o‘tgach identifikatsiya qilinishi lozim. Ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oy ichida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilishi kerak. Saqlash yoki ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistonga olib kirilgan hayvonlar esa olib kirilgan kundan boshlab 21 kun ichida identifikatsiya qilinishi shart. Mazkur qonun hayvonlarning aniq hisobini yuritish, kasalliklarni nazorat qilish va chorvachilik sohasidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibi belgilandi | Vaqt.uz