
O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar soni oshirilmoqda
11.06.2025 | 21:307853
Iyun oxiridan boshlab mamlakat ichida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yilishi orqali turizm markazlari o‘rtasida qatnov ancha qulaylashadi.

Centrum Air aviakompaniyasi iyun oyi oxiridan boshlab O‘zbekistonning bir qator shaharlari o‘rtasida yangi muntazam ichki parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Yangi reyslar Samarqand — Urganch, Buxoro — Urganch, Samarqand — Buxoro va Buxoro — Toshkent yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Aviaqatnovlar tarmog‘ini kengaytirish orqali mamlakatdagi tarixiy va sayyohlik ahamiyatiga ega shaharlar o‘rtasidagi sayohat vaqtini qisqartirish, transport bog‘liqligini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Bu, ayniqsa, ichki turizmni faollashtirish va hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim qadam hisoblanadi.
Centrum Airr bu orqali ichki parvozlar bozorida o‘z ulushini oshirish, ayniqsa, mahalliy yo‘lovchilar va xorijlik sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratishni maqsad qilgan. Yo‘nalishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa vaqtli bo‘lgani bois, ularga talab yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda transport infratuzilmasini takomillashtirish va ichki aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda. Yangi yo‘nalishlar shu sa’y-harakatlar doirasidagi navbatdagi amaliy natikadir.
Mutasaddilar bu boradagi ishlar davom ettirilishini va mamlakatning boshqa yirik shaharlari o‘rtasida ham qo‘shimcha reyslar tashkil etilishini ma’lum qilgan.





