O‘zbekistonda iyul oyida nimalarning narxi pasayib, nimalar qimmatlashdi?
01.08.2025 | 17:4047057
Iyul oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. Oy davomida asosan meva-sabzavotlar narxlari tushgan, biroq turar-joy, suv, elektr, gaz va yonilg‘i narxlari 1,4 foizga qimmatlashi kuzatilgan.

Statistika qo‘mitasining qayd qilishicha, 2025-yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra yillik inflatsiya 8,9 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizli bandga pasaydi.
Meva-sabzavotlarni hisobga olmaganda, yil boshidan buyon inflyatsiya ko‘rsatkichi 5,7 foizga, umumiy yillik hisobda esa 10,2 foizga yetgan.
Hududlar kesimida ko‘rsatkichlar qanday?
Viloyatlar ichida eng yuqori inflyatsiya oylik hisobda Sirdaryoda (0,7 foiz), yillik hisobda Farg‘onada (9,9 foiz) kuzatilgan. Andijon, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasida narxlar eng ko‘p (-0,4 foiz) pasaygan.
Iste’mol narxlari dinamikasi
Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 1 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,2 foizga, xizmatlar narxlari esa 0,9 foizga oshdi.
Yillik hisobda esa oziq-ovqat mahsulotlari narxi 6,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlariniki 7,1 foizga, xizmatlar narxi esa 16,3 foizga oshdi. Yillik inflyatsiya uchun bu guruhdagi asosiy inflyatsiya omili kommunal xizmatlar sohasida tariflarni oshishining yuqori ta’siri bo‘lmoqda.
«O‘zi busiz ham yuzaki statistika yanada yuzakilashgan. Bor ma’lumotlardan «Yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan go‘sht» guruhida narxlar 1,9%ga, sovuq suv va turar joylar bilan bog‘liq boshqa xizmatlar 7,5%ga qimmatlaganini ko‘rish mumkin. Kommunal sohada Respublika hududlari bo‘ylab oshdi-oshdi davom etmoqda», deb iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda.
Yillik hisobda esa turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilg‘ilar (16,7 foiz), transport xizmatlari (15,5 foiz), ta’lim sohasidagi xizmatlar (13,9 foiz), restoran va mehmonxona xizmatlari (12,9 foiz) eng ko‘p qimmatladi. Sug‘urtalash va moliyaviy xizmatlar narxida 0,4 foiz - ya’ni eng past o‘sish qayd etildi.
«Hisobot yuzakilashtirilgani tufayli, Sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘tiradigan dori-darmonlar qanchaga qimmatlaganini bilmaymiz. Transport bo‘limi ichida o‘tiradigan benzin va propan qanchaga qimmatlaganini bilmaymiz. Ma’lumot uchun birja savdolarida iyul oyining 30 kuni davomida benzin 11,6 foizga, propan 3,0 foizga qimmatlagan (ikkinchi oy yuqori darajada oshish kuzatilmoqda). Bu ketishda xuddi eski zamonlardagidek «inflyatsiya parametr ko‘rsatkichlaridan oshmadi» shabloni bilan cheklana boshlanadi», deydi iqtisodchi Bakirov.
Iyul oyida narxlarning pasayishi asosan meva-sabzavot mahsulotlari hisobiga kuzatildi. Jumladan, meva va yong‘oqlar narxi o‘rtacha 9,1 foiz, sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar esa 4,8 foizga arzonlashdi. Shuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlarida ham narxlar biroz tushdi. Masalan, sut, sut mahsulotlari va tuxum narxi 0,8 foiz, don va don mahsulotlari esa 0,1 foizga kamaydi.
Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek go‘sht mahsulotlari bozorida narxlar o‘sdi — yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan go‘sht narxi 1,9 foizga ko‘tarildi.
Iyul oyida sovuq suv va turar joy bilan bog‘liq xizmatlar narxi ham oshib, bu sohada umumiy inflyatsiya darajasi 7,5 foiz ni tashkil etdi. 2025-yilning yanvar-iyul oylarida inflyatsiyaga eng katta ta’sir turar joy, suv, elektr, gaz va boshqa yoqilg‘i turlari, transport, maishiy tovarlar va xizmatlarga ko‘rsatdi. Umumiy narxlar o‘sishining 78,3 foizi aynan shu sohalardagi narxlarning ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan maosh va pensiyalar bilan birga to‘lovlar va jarimalar ham oshishi haqida ma’lumot bergan edik.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.