add

O‘zbekistonda keyingi kunlarda 43 darajagacha issiq kutilmoqda

13.05.2025 | 12:1523912

14–16 may kunlari O‘zbekistondagi deyarli barcha hududlarda havo harorati 39–43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda keyingi kunlarda 43 darajagacha issiq kutilmoqda
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 14 maydan boshlab butun mamlakat bo‘ylab kuchli issiq ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 14 may kuni, 15–16 mayda esa respublika hududining katta qismida havo harorati kunduzi 39–41 darajagacha ko‘tariladi. Janubiy va cho‘l hududlarda esa havo harorati 42–43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shu bilan birga, 14–15 may kunlari mamlakatning shimoli va cho‘l hududlarida, 16–17 may kunlari esa ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 15–18 metrgacha yetishi kutilmoqda. 17 may kuni ba’zi joylarda shamol soniyasiga 20–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu holatda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Mutasaddilar aholini ehtiyot bo‘lishga, ochiq havoda uzoq yurmaslikka, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ta’siridan saqlanishga va suv iste’molini oshirishga chaqirmoqda. Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida ham xavfsizlik choralarini kuchaytirish tavsiya etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda keyingi kunlarda 43 darajagacha issiq kutilmoqda | Vaqt.uz