
O‘zbekistonda kuzning ikkinchi haftasi qanday havo bilan boshlanadi?
07.09.2025 | 17:0031992
8 sentyabr, dushanba kuni mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Toshkent shahrida kunduzi +30...+32 daraja issiq bo‘lib, kechasi +18...+20 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika markaziy va g‘arbiy hududlarida ham shunday havo hukm surishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzi esa +27...+32 daraja, kechasi esa +13...+18 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo +30...+35 darajagacha isiydi, kechasi +15...+20 darajaga tushadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shu kabi harorat saqlanib, kunduzgi +30...+35 daraja, kechasi +15...+20 darajani tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng yuqori issiq kuzatilib, kunduzi +33...+38 darajagacha ko‘tariladi, kechasi +17..+22 darajani tashkil qiladi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kunduzgi harorat +30...+35 daraja bo‘lib, shamol ayrim joylarda sekundiga 18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda nisbatan salqinroq havo saqlanadi. Bu yerda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.





