add

O‘zbekistonda nogironlikni belgilashda raqamli tizim joriy etildi

24.09.2025 | 14:0045972

Endi bemorlar nogironlik masalasida faqat tuman poliklinikalari vrachlik komissiyasiga emas, balki «Inson» markazlari, oilaviy shifokorlar va my.gov.uz portali orqali ham murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekistonda nogironlikni belgilashda raqamli tizim joriy etildi
Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qaroriga muvofiq, nogironlikni belgilash jarayoni raqamlashtirilib, fuqarolar uchun yangi murojaat kanallari ochildi. Yangi tartibga ko‘ra, nogironlikni belgilash uchun avval talab qilingan yagona 4–6 oylik davolanish muddati bekor qilindi. Endi har bir bemor uchun individual davolanish davri va minimal tekshiruv mezonlari belgilanadi. Shuningdek, sirtdan nogironlik belgilanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati 48 tadan 60 tagacha kengaytirildi. Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 oktyabrga qadar tizim butun respublikada ishga tushiriladi. Bunda bemorning ma’lumotlari asosida nogironlik guruhi, uning muddati, tibbiy reabilitatsiyaga va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi avtomatik ravishda «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantiriladi. Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun nogironlikka olib keluvchi kasalliklar ro‘yxati yangi tahrirda tasdiqlandi. 130 ta hududiy tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyalari uchun uslubiy ko‘mak tizimi yo‘lga qo‘yiladi, respublika komissiyasi esa turli yo‘nalishlardagi mutaxassislardan tashkil etilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda nogironlikni belgilashda raqamli tizim joriy etildi | Vaqt.uz