add

O‘zbekistonda oltin quymalari 34-marta rekord darajada qimmatlashdi

02.10.2025 | 13:1039453

2 oktyabr kuni O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yangi rekordga yetdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quyma 7,7 million so‘mdan yuqori baholanmoqda.

O‘zbekistonda oltin quymalari 34-marta rekord darajada qimmatlashdi
O‘zbekiston Markaziy bankining xabar berishicha, 2 oktyabr kuni mamlakatda o‘lchovli oltin quymalari narxi keskin o‘sdi. Bir gramm oltin 1 million 547 ming 360 so‘mga baholangan bo‘lsa, 5 grammlik quymalar 7 million 737 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 10 grammlik quyma 15 million 474 ming so‘m, 20 grammlik quyma 30 million 947 ming so‘m, 50 grammlik quyma 77 million 368 ming so‘m va 100 grammlik quyma 154 million 736 ming so‘mni tashkil etmoqda. Jahon bozorida ham oltin qimmatlamoqda. Troya unsiyasi uchun qimmatbaho metall 3 893,30 dollarni tashkil etdi. Mutaxassislar talab oshishini AQSHdagi hukumat yopilishi bilan bog‘lamoqda. 1 oktyabrdan boshlangan shatdaun Kongressda yangi moliya yili uchun byudjet yuzasidan kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keldi. Bu holat xalqaro bozorlarda oltinga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. «Goldman Sachs Group» tahlilchilariga ko‘ra, agar AQSH Federal zaxira tizimi mustaqilligiga tahdid yuzaga kelsa, oltin narxi har bir unsiya uchun 5 ming dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Shuningdek, hatto g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga aktivlarning oz qismi yo‘naltirilishi ham qimmatbaho metall narxining sezilarli o‘sishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid