add

O‘zbekistonda Paytex bozorini nazorat qilayotgan besh kompaniya

Bugun 17:151541

Hozir mamlakatda 44 ta to‘lov tashkiloti faoliyat yuritmoqda, ammo bozorning qariyb 90 foizi faqat beshta kompaniya — Paynet, Payme, Click, Alif va Beepul qo‘lida.

O‘zbekistonda Paytex bozorini nazorat qilayotgan besh kompaniya

O‘zbekistondagi raqamli to‘lovlar bozori so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Hozir mamlakatda 44 ta to‘lov tashkiloti mavjud bo‘lsa-da, ularning ichida beshta yetakchi — Paynet, Payme, Click, Alif va Beepul — soha daromadining asosiy qismini ta’minlab kelmoqda.

Eng kechik ulushli katta ishtirokchi Beepul hozir superapp ekotizimining ajralmas qismiga aylandi. 2025-yilning 9 oyida kompaniya qariyb 75 mlrd so‘m daromad oldi — bu o‘tgan yilga nisbatan 417 foiz ko‘pdir, deb yozmoqda Beshtor.

Paynet bu yil oltin savdosi va bo‘lib to‘lash xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniyaning yillik daromadi 1,2 trln so‘mга yetdi, bu esa 55 foizlik o‘sishni anglatadi. Hozir Paynet — O‘zbekiston paytech sohasidagi eng yirik kompaniya.

Click va Payme daromadi qariyb bir xil — har biri 550 mlrd so‘mdaн ozroq. Ammo o‘sish sur’atlari turlicha: Payme 56 foizga, Click esa 30 foizga o‘sdi. Buning sabablaridan biri sifatida TBC Uzbekistan ekotizimining faol rivojlanishi qayd etilmoqda — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Payme faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Alif esa muddatli to‘lov va elektron tijorat sohasida yetakchilardan biri sifatida bankka aylanishga tayyorlanmoqda. Kompaniya 33 foizlik o‘sish qayd etib, 136 mlrd so‘m daromad oldi.

Umuman, ushbu besh kompaniyaning jami to‘qqiz oylik daromadi 2,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 1 trln so‘m edi. Natijada, O‘zbekistonda nag‘d pulsiz to‘lovlar odatiy holga aylanib, paytech ekotizimlari iqtisodiy aylanmaning markaziga chiqmoqda.

Teglar

Mavzuga oid