add

O‘zbekistonda qariyb 353 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi

28.10.2025 | 16:202731

Joriy yilning 9 oyi mobaynida qancha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda qariyb 353 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 352 trln 689,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 159 trln 110,7 mlrd so‘mga, chorvachilik mahsulotlariniki esa 193 trln 578,7 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shuningdek, kam hajmga ega hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarini keltirib o‘tish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi YAIM o‘sishiga 0,6 foiz hissa qo‘shganini xabar qilgandik.

Teglar

Mavzuga oid