add

O‘zbekistonda so‘nggi olti oy davomida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan

07.07.2025 | 11:2030163

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda bolalar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq murojaatlar soni sezilarli darajada oshgan. Bolalar ombudsmani matbuot xizmati mazkur davrda bolalar huquqlarining buzilishi bo‘yicha murojaatlar statistikasini e’lon qildi.

O‘zbekistonda so‘nggi olti oy davomida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakilining ma’lum qilishicha, 2025 yilning dastlabki olti oyida Bolalar ombudsmani nomiga 885 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘paygan. Murojaatlardan 20 tasi voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yuborilgan. Internet tarmoqlarida olib borilgan monitoring natijasida bola huquqlarining buzilishi bo‘yicha 185 ta holat aniqlangan. Bundan tashqari, bolalarga nisbatan amalga oshirilgan 60 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Bu holatlar yuzasidan 16 ta jinoyat ishi va 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Xorijda bo‘lib turgan va ota-onasi tomonidan murojaat qilingan 5 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Shuningdek, 1 nafar bolaning Rossiyaga o‘z yurtiga qaytishi ta’minlandi. Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolgan 16 nafar bola bo‘lib turgan joylarida barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlanib, keyinchalik yurtga olib kelingan. Joriy yilning birinchi yarmida Bolalar ombudsmani 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazgan. Qabullar davomida 87 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari bola manfaatlarini himoya qilish maqsadida 20 marta turli sud jarayonlarida ishtirok etgan.

Teglar

Mavzuga oid