
O‘zbekistonda Xattotlik va kitobat san’ati maktabi ochiladi
03.07.2025 | 19:1535592
6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar tanlov asosida qabul qilinishi ko‘zda tutilgan ushbu maktabda xattotlik, yozuv tarixi, tillar va kitobat san’ati o‘qitiladi.

O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil etiladi. Maktabga qabul 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar orasida tanlov orqali amalga oshiriladi. Har bir o‘quv guruhiga 12 nafargacha tinglovchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu maktabda xattotlik asoslarini o‘rganish bilan birga, o‘quvchilar yozuv tarixi, o‘zbek, arab va fors tillari va ularning yozuv tizimlari, husnixatning Sharq va G‘arb maktablari, jumladan, lotin, arab va kirill yozuvlaridagi uslublar bilan tanishadi. Shuningdek, kitobat san’ati asoslari ham o‘qitiladi.
Maktabni tashkil etish tashabbusi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan ko‘tarildi. Shu munosabat bilan mazkur markazda ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazilib, maktab faoliyati va o‘quv dasturlari taqdim qilindi.
Loyiha orqali mamlakatda yozma merosni o‘rganish, xattotlik va kitobat san’atini rivojlantirish, yoshlar va kattalar o‘rtasida madaniy merosga qiziqishni oshirish maqsad qilingan.





