add

O‘zbekistonda xorijiy talabalar soni 28 foizga oshdi

02.10.2025 | 11:401863

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga ta’lim olish uchun 14 mingdan ziyod xorijlik tashrif buyurdi.

O‘zbekistonda xorijiy talabalar soni 28 foizga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar–avgust oylarida ta’lim olish uchun 14 216 nafar xorijiy fuqaro keldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 179 nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 28,8 foizni tashkil etdi. Mamlakat bo‘yicha taqsimotga qaralsa, Turkmanistondan kelgan talabalar soni eng ko‘p — 4 603 nafar. Hindistondan 3 477, Tojikistondan esa 1 392 nafar talabalar kelgan. Shuningdek, Xitoydan 710, Pokistondan 700 va Janubiy Koreyadan 553 nafar talaba O‘zbekistonda ta’lim olishni tanlagan. Qirg‘iziston Respublikasidan 333, AQSHdan 319, Filippindan 245 hamda Turkiyadan 233 nafar talaba ro‘yxatga kirdi. Afg‘oniston 226, Misr 223 va Rossiyadan 121 nafar talabalar kelgani qayd etilgan. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyadan 110 nafar, Janubiy Afrika Respublikasidan 89 nafar va yana qator davlatlardan kelgan 893 nafar talabalar umumiy hisobga kiritilgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning xalqaro ta’lim markaziga aylanib borayotganini tasdiqlaydi. Yilning birinchi yarmida ham o‘sish kuzatilgan. Yanvar–iyun oylarida 9,5 mingdan ziyod xorijiy talaba mamlakatga tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 17,3 foizni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid