
O‘zbekistonlik talaba yo‘lovchining hayotini qutqarib qoldi
01.08.2025 | 21:404052
Dehliga uchayotgan samolyot parvozi vaqtida yo‘lovchi ayol yurak urishining tezlashishi va bezovtalikdan shikoyat qilgan.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro fakultetida o‘qiyotgan Hindiston fuqarosi xalqaro parvozda yuz bergan holatda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, bir yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi.
Toshkentdan Dehliga uchgan samolyotda 29 iyul kuni yo‘lovchilardan biri — ayol kishi — o‘zini yomon his qilgan. Unda yurak urishining tezlashishi (taxikardiya), bezovtalik va umumiy holsizlik alomatlari kuzatilgan. Ekipaj bortdagi yo‘lovchilar orasida shifokor yoki tibbiyot xodimi bor-yoqligini so‘ragan.
Shunda Toshkentda o‘qiyotgan hind talabasi maxsus uskunalarsiz ayolda taxikardiya borligini aniqlagan. U tezkor ravishda uyqu arteriyasi orqali massaj qilgan va ayolning holatini barqarorlashtirgan.
Samolyot Dehliga yetib kelganida, bemor ayolni mahalliy shifokorlarga topshirishgan. Aviakompaniya vakili talabaga professional yondashuvi va chaqqonligi uchun minnatdorlik bildirgan.
https://www.youtube.com/watch?v=LI_6dKWay98





