add

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini issiq va shamolli ob-havoda o‘tkazadi

05.09.2025 | 14:007922

5–7 sentyabr kunlari mamlakatning ko‘p qismida havo issiq bo‘lib, havo harorati +30...+35 daraja bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol va chang‘-to‘zon kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini issiq va shamolli ob-havoda o‘tkazadi
O‘zbekiston bo‘ylab bugun va dam olish kunlarida asosan kam bulutli, quruq va nisbatan issiq ob-havo saqlanishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi, ayrim joylarda esa +37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Kechasi va ertalab +17...+22 darajali salqin havo kuzatilishi aytilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, (https://gov.uz/oz/hydromet/news/view/83624) 5–6 sentyabr kunlari mamlakatning ayrim hududlarida shamol kuchayishi ehtimoli bor. Uning tezligi sekundiga 13–18 metrgacha yetib, chang‘-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu ayniqsa ochiq hududlarda sezilarli bo‘ladi. Poytaxtda ham havo nisbatan issiq va kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan esadigan shamolning tezligi asosan sekundiga 3–6 metr atrofida bo‘ladi. Biroq 5 sentyabr kuni ba’zi mahallalarda shamol tezligi sekundiga 8–10 metrgacha kuchayishi mumkinligi qayd etilmoqda. Toshkentda 5 sentyabr kuni havo harorati +35...+37 daraja, 6–7 sentyabr kunlari esa +33...+35 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi esa harorat +18...+20 daraja ichida saqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini issiq va shamolli ob-havoda o‘tkazadi | Vaqt.uz