add

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini qanday ob-havoda o‘tkazishadi?

Bugun 14:552691

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, hafta oxirida mamlakat bo‘ylab sovuq havo massalari chekinib, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini qanday ob-havoda o‘tkazishadi?

O‘zbekistonda 8-9 noyabr kunlari havo iliq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet tomonidan e’lon qilingan prognozga ko‘ra, hudud bo‘ylab sovuq havo massalari asta-sekin chekinib bormoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab 7 noyabr kuni havo harorati kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni esa +14...+17 darajagacha, janubiy viloyatlarda +18...+20 darajagacha isiydi.

Kechalari ham havo harorati ko‘tariladi, hududning katta qismida harorat iliq bo‘ladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida saqlanib turadi.

Toshkent shahrida dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi. Havo harorati 7 noyabrda +10...+12 daraja iliq bo‘ladi, 8-9 noyabrda +14...+16 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +1...+3 daraja iliq bo‘ladi. 

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini qanday ob-havoda o‘tkazishadi? | Vaqt.uz