
O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotidagi tashabbuslari va ularning ahamiyati
01.09.2025 | 12:00345314
2025 yil 31 avgust - 1 sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tianjin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda.

Sammit va u bilan bog‘liq tadbirlarda 20 dan ortiq mamlakat yetakchilari va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston SHHTni jahon jarayonlarida muhim rol o‘ynaydigan nufuzli xalqaro tashkilot deb biladi. Mamlakatimizning SHHT faoliyatidagi ishtiroki O‘zbekistonning milliy manfaatlariga to‘la mos keladi, xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotнi ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston SHHT asoschilari qatorida bo‘lib, uning faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-humanitar hamkorlik, raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda dolzarb tashabbuslar ilgari surildi.
O‘zbekistonning SHHTdagi faol ishtiroki tufayli bir qator zarur mexanizmlar yaratildi, shuningdek, tashkilot faoliyati takomillashtirildi. 2022 yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti tashkilotchilikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.
O‘zbekiston, SHHT doirasida faol hamkorlik aloqalarini mustahkamlab, pragmatizm, milliy o‘ziga xos xususiyatlarga hurmat va barqaror taraqqiyotga intilish asosida mintaqaviy hamkorlikning yangi standartini qo‘llab-quvvatlamoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekistonning tashkilot faoliyatidagi ishtiroki – tasodifiy tanlov emas, bu – strategik jihatdan puxta o‘ylangan, mamlakatning xavfsizligini, iqtisodiy o‘sishi va barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan qarordir.
bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 34 million kvadrat kilometrdan ortiqni, ya’ni Yevroosiyoning 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Umumiy aholi soni i milliard kishidan ortiq bo‘lib, bu sayyoramiz aholisining taxminan 42 foiziga teng. SHHT mamlakatlari iqtisodiyoti esa jahon iqtisodiyotining 29 foizidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladi.
SHHTning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash;
- mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish;
- yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy hamda iqtisodiy xalqaro tartibni shakllantirishga ko‘maklashish;
- terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish; narkotik moddalar va qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanishiga hamda transmilliy jinoyatchilik turlariga qarshi kurash olib borish.





