add

Parkentda Koreya uslubida «Chashma» etno qishlog‘i ochildi

28.07.2025 | 10:1517952

Toshkent viloyati Parkent tumanida Janubiy Koreya folklor an’analari asosida tashkil etilgan «Chashma» etno qishlog‘i rasman o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur loyiha nafaqat sayyohlik salohiyatini oshirish, balki hududning madaniy va tabiiy merosini saqlashga qaratilgan.

Parkentda Koreya uslubida «Chashma» etno qishlog‘i ochildi
Loyiha 2022 yilda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga amaliy safari chog‘ida ilgari surilgan. Geongsangbuk-do viloyatidagi mashhur Andong Xaxve folklor qishlog‘i bilan tanishuvdan keyin, shunaqa etno-qishloqni Parkentda barpo etish taklif etilgan va bu tashabbus O‘zbekiston prezidenti tomonidan ma’qullangan. «Chashma» etno qishlog‘i nafaqat arxitekturasi va an’anaviy qurilish uslublari, balki milliy liboslar, amaliy san’at namunalari va mahalliy madaniyatni namoyon etuvchi omillari bilan sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi kutilayapti. Ochilish marosimida folklor ansambllar chiqishi, milliy liboslar defilesi va rassomlarning ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari, jumladan, Janubiy Koreyaning Move jurnali ham tadbirda ishtirok etdi. Press-tur doirasida jurnalistlar oilaviy mehmon uylari, «Oltin bel» tepaligidagi kurort zonasi va boshqa turizm infratuzilmalarini ko‘zdan kechirishdi. Bu kabi loyihalar Parkentni xalqaro turizm xaritasidagi muhim nuqtaga aylantirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid