add

Pokiston bitkoin zaxirasini yaratishga kirishmoqda

29.05.2025 | 21:3039603

Pokiston hukumati strategik bitkoyn zaxirasini yaratish va kripto sohasini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali mamlakat investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga intilmoqda.

Pokiston bitkoin zaxirasini yaratishga kirishmoqda
Pokiston kriptovalyuta sohasida yangi bosqichni boshlamoqda. Mamlakatning Kriptovalyutalar kengashi rahbari Bilol Saqib 28 may kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan «Bitcoin 2025» konferensiyasida ushbu rejalar haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat AQSH tajribasidan ilhomlangan holda bitkoyn zaxirasini tuzadi. AQSH o‘z zaxirasini asosan sud orqali musodara qilingan aktivlar orqali to‘ldirgan va ularni sotmasdan saqlab kelmoqda. Pokiston ham shunga o‘xshash yondashuvni qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bilol Saqib bitkoynlar hech qachon sotilmasligini, ular milliy «bitkoyn hamyoni»da saqlanishini ta’kidladi. Shuningdek, hukumat bitkoyn mayningi va sun’iy intellekt ma’lumot markazlari uchun 2000 megavatt elektr energiyasi ajratishni ko‘zlamoqda. Pokiston kripto infratuzilmasini yaratishda xalqaro ishtirokchilarni hamkorlikka chorlamoqda. Saqibning ta’kidlashicha, bitkoyn zaxirasi yaratilishi kriptovalyuta sohasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning boshlanishi, xolos. Mamlakatda 100 milliondan ziyod aholi bank xizmatlaridan foydalanmaydi va ular uchun moliyaviy imkoniyatlar yaratish — ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Pokiston raqamli shaxsiy identifikatorlar joriy etish, nolikvid aktivlarni tokenlashtirish va global hamkorlarni jalb etish orqali iqtisodiyotni raqamlashtirishni rejalashtirmoqda. Maqsad — mamlakatning yangi iqtisodiy bosqichga o‘tishiga zamin yaratish.

Teglar

Mavzuga oid