add

Pulli to‘xtash joylari uchun shu hudud aholisiga imtiyozlar beriladi

11.09.2025 | 13:2014453

Poytaxtda pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalardagi ko‘p qavatli uylar aholisi uchun maxsus rezidentlik ruhsatnomalari joriy etilmoqda.

Pulli to‘xtash joylari uchun shu hudud aholisiga imtiyozlar beriladi
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, rezidentlik ruhsatnomasi egalari o‘z mahallasidagi to‘xtash joylaridan kechki paytdan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kunduzi muayyan chegirmalar berilishi, bayram va dam olish kunlarida esa imkoniyatlar yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi paytda ruhsatnomalarni elektron shaklda olish imkoni yaratilishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonlar joriy yil noyabriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Ishlar tugagach, shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruhsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega bo‘luvchi fuqarolar toifasi va imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilanadi. Qaror tasdiqlangach, uning to‘liq mazmuni omma uchun e’lon qilinadi. O‘zbekistonda ilk bor pulli yo‘llar qurilishi haqida 2018 yilda ma’lum qilingan. 2022 yilda Davlat-xususiy sheriklik agentligi direktori Zokir Bozorov Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitishi kerakligini haqida xabar bergandi. Keyinchalik transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev qurilishdagi kechikishlarni hisob-kitob jarayonlari uzoqqa cho‘zilgani va loyihalarga kiritilgan o‘zgarishlar bilan izohlagan.

Teglar

Mavzuga oid