add

Putin Istanbulga kelmasa, sanksiya qo‘llash kerak — Zelenskiy

14.05.2025 | 10:326213

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin Istanbul muzokarasiga kelmasa, G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi va kuchli sanksiyalar joriy etishi kerakligini bildirdi.

Putin Istanbulga kelmasa, sanksiya qo‘llash kerak — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 13 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilgan Rossiya–Ukraina muzokaralari arafasida Kreml rahbari Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvga intilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, otashkesim faqat Putin bilan tuziladigan kelishuv orqali amalga oshirilishi mumkin. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Putinning shaxsan uchrashuvga kelishga rozi bo‘lishi urushni to‘xtatishga haqiqiy xohishi borligini ko‘rsatadi. «Agar u faqat OAV orqali emas, balki real hayotda ham uchrashuvga tayyor bo‘lsa, biz kelishuvga erishamiz», — dedi u. Ukraina rahbari Istanbul muzokaralariga AQSH prezidenti Donald Trampni ham taklif etganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ishtirok etishini tasdiqlasa, bu Putinni kelishga yanada rag‘batlantirishi mumkin. Shuningdek, Zelenskiy Putin muzokaraga kelmasa, bu Rossiyaning urushni tugatish niyati yo‘qligini rasman tasdiqlaydi, deya ta’kidladi. U G‘arb davlatlarini bunday holatda «eng kuchli sanksiyalar paketini» joriy etishga chaqirdi. «Bu sanksiyalar agressiya uchun emas, tinchlikni rad etish uchun bo‘ladi», — dedi u. Kreml bu bayonotlarga javob bermadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya muzokaralarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, lekin delegatsiya tarkibi va boshqa tafsilotlar faqat Putin lozim deb hisoblasa, e’lon qilinadi.      

Teglar

Mavzuga oid