add

Putin: «Maxsus operatsiya» endi Rossiyaning «adolat jangi»ga aylandi

30.09.2025 | 21:0037123

Rossiya prezidenti Ukraina hududlarini bosib olishni «adolat jangi» deb atadi va ishg‘ol qilingan shaharlarda yashash uchun zarur shart-sharoit yo‘qligini tan oldi.

Putin: «Maxsus operatsiya» endi Rossiyaning «adolat jangi»ga aylandi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududlarining Rossiyaga qo‘shib olinishining uch yilligi munosabati bilan videomurojaat yo‘lladi. Bu haqda The Moscow Times xabar bermoqda. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Lugansk, Donetsk, Zaporijjya va Xersondagi «millionlab vatandoshlar»ning Rossiya bilan birlashish qarorini himoya qilmoqda. «Bugun bu tanlovni himoya qilib, jangchilarimiz va qo‘mondonlarimiz hujumga o‘tmoqda, adolatli jang olib bormoqda va butun mamlakat, butun Rossiya mehnat qilmoqda. Vatanga bo‘lgan muhabbatimizni va tarixiy taqdir birligini birgalikda himoya qilamiz», - dedi Putin. Shu bilan birga, Putin ishg‘ol etilgan hududlardagi aholi katta qiyinchilikka duch kelayotganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv ta’minoti, tibbiyot va boshqa sohalarda jiddiy muammolar mavjud. Rossiya rahbari bu muammolarni hal qilish uchun «tarixiy rus yerlarini tiklash dasturi» amalga oshirilayotganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022 yil sentyabrida referendumlar o‘tkazib, ushbu to‘rt viloyatni o‘z tarkibiga qo‘shgan edi. Biroq Rossiya hech qachon ularning to‘liq hududini nazorat qila olmagan. Hozirda Kreml Ukrainaning taxminan 20 foizini ishg‘ol ostida ushlab turibdi.

Teglar

Mavzuga oid