add

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kirgan guruh qo‘lga olindi

05.09.2025 | 11:3037772

Andijon viloyatida qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg «gashish» moddasini olib kirib, sotishga uringan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kirgan guruh qo‘lga olindi
Andijonda Qirg‘izistondan olib kirilgan qariyb 2 kilogramm «gashish»ni sotishga uringan jinoiy guruh aniqlangan. Bu haqda DXX xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1984–1991 yillarda tug‘ilgan 6 nafar shaxs qirg‘izistonlik narkosavdogar bilan kelishib, 2 kg «gashish» moddasini 15 ming dollarga sotib olishga uringan. Ular dastlab 1950 dollarni boshlang‘ich badal sifatida topshirishgan. Qirg‘iziston fuqarosi narkotik moddani davlat chegarasidan noqonuniy o‘tkazib, Xonobod shahridagi yashirin joyda qoldirgan. Keyin esa guruh a’zolaridan biri moddani avtomashinasida olib chiqish jarayonida qo‘lga olingan. Tezkor tadbir chog‘ida jinoiy guruhning qolgan 5 a’zosi ham protsessual tartibda ushlangan. Ekspertizaga ko‘ra, topilgan «gashish»ning sof og‘irligi 1 kg 954 grammni tashkil etgan. Hozirda ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda ularga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Teglar

Mavzuga oid