add

Qor yaqin: 3 noyabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi

30.10.2025 | 17:208391

3 noyabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qor kutilmoqda.

Qor yaqin: 3 noyabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi

2025 yilning 3 noyabr kunidan boshlab O‘zbekistonning shimoliy hududlariga sovuq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 4–6 noyabr oralig‘ida sovuq havo massalari butun respublika bo‘ylab tarqalishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, ko‘pgina hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayniqsa, 3–5 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Shuningdek, 4–6 noyabr kunlarida havo harorati asta-sekin pasayadi. Kechalari 0…+3 daraja iliq bo‘lishi, ayrim hududlarda esa havo harorati bundan ham sovib ketishi mumkin. Kunduz kunlari harorat +8…+13 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Qor yaqin: 3 noyabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi | Vaqt.uz