add

Qozog‘iston Markaziy Osiyoning eng kuchli superkompyuterini ishga tushirdi

22.07.2025 | 21:409332

U mamlakatda sun’iy intellektni rivojlantirish va elektron hukumat xizmatlarini takomillashtirishda faol qo‘llaniladi.

Qozog‘iston Markaziy Osiyoning eng kuchli superkompyuterini ishga tushirdi
Qozog‘iston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyodagi eng kuchli superkompyuter rasman ishga tushirildi. Ushbu kompyuter Alem.cloud superkompyuter markazida joylashgan bo‘lib, davlat xizmatlari va sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Bu haqda Euronews axborot agentligi ma’lum qildi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev shaxsan kompyuterni ishga tushirgan va SI sohasini mamlakatning ustuvor yo‘nalishi deb belgilagan. Shuningdek, 2029 yilgacha mo‘ljallangan «Qozog‘istonda SI rivojlanish konsepsiyasi» qabul qilingan. Hukumat kelgusi to‘rt yilda Qozog‘istonni SI texnologiyalari bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga qo‘shilishini maqsad qilgan. Ta’kidlanishicha, yangi superkompyuter davlat resurslarini oqilona boshqarish, axborot tizimlarini markazlashtirish va ma’lumot xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Teglar

Mavzuga oid