add

Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

02.12.2025 | 12:552411 daqiqa

O‘zbekistonning Oqtov shahridagidagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya yo‘nalishida harakatlanuvchi fuqarolardan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qonunchilik talablariga to‘liq rioya etishni so‘rab, noqonuniy o‘tish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Qozog‘iston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari aniqlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olinib, Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 392 va 394-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan. Konsulxona ta’kidlashicha, bunday qonunbuzarliklar davlat xavfsizligiga tajovuz sifatida baholanadi va jazo choralari keskinlashtirilgan.

Joriy yil sentabrida Qozog‘istonda chegara buzilishi uchun javobgarlik yanada qat’iylashtirilib, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etildi.

Bosh konsulxona fuqarolarni safar davomida faqat ruxsat etilgan nazorat-o‘tkazish punktlaridan foydalanishga chaqirdi. Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunday harakatga uringanlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, ayniqsa uyushgan sxemalarda ishtirok etish og‘ir oqibatlarga olib kelishi ta’kidlandi.

Ayni vaqtda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi doirasida 54 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha Qorabutoqdagi masjidga joylashtirilib, ularga zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Barcha fuqarolarni O‘zbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid