add

Qozog‘istonda ichida 54 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

01.12.2025 | 18:5812041 daqiqa

Holat yuzasidan O‘zbekistgonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi batafsil ma’lumot berdi.

Qozog‘istonda ichida 54 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Bugun, 30-noyabr kuni Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida «Moskva – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligi xabar berdi.

Qozog‘istonning vakolatli idoralari ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 21:00 da «Rossiya Federatsiyasi – Aktobe – Qizilorda – Almata» respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lida «Moskva – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 774BOT13 bo‘lgan «VanHool» rusumli yo‘lovchi avtobusida sodir bo‘lgan.

Hodisa vaqtida avtobusda 54 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanuvchi va halok bo‘lganlar yo‘q.

Barcha yo‘lovchilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aktobe viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirilgan.

«Fuqarolarga oziq-ovqat va zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda. Fuqarolarni O‘zbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor ravishda qaytarish choralari ko‘rilmoqda», - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, vaziyat O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, Qozog‘iston tomonining mas’ul idoralari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Teglar

Mavzuga oid