add

Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq nazoratini topshirdi

19.09.2025 | 19:2013113

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirovga munitsipal tashkilotlarning mol-mulk solig‘ini to‘lash jarayonlarini nazorat qilish vazifasini yuklatdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq nazoratini topshirdi
Adam Qodirovning aniq qay tarzda nazorat olib borishi yoki unga nima sababdan bunday mas’uliyat yuklangani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan (https://t.me/RKadyrov_95/6009). Shu bilan birga, u hozirda Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi, xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i va otasining yordamchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Qodirovning o‘g‘li shu bilan cheklanmay, G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish ishlari uchun ham mas’ul hisoblanadi. U Ukrainadagi janglarda ishtirok etayotgan chechen batalyonlariga kuratorlik qiladi. Bundan tashqari, Adam Qodirov Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti hamda Checheniston Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha ham mas’ul sifatida tilga olingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday yoshda katta davlat mas’uliyatlari topshirilishi Chechenistondagi ichki siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq Checheniston rahbari 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov so‘nggi ikki yilda olgan 30 mukofotning barchasi adolatli va munosib deb himoya qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid