add

Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqqan, Kreml voris qidirmoqda — OAV

Bugun 14:001 daqiqa

Ukraina razvedkasiga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqib, dializga ulangan, Kreml esa Checheniston rahbarligi uchun ehtimoliy nomzodlarni muhokama qilmoqda.

Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqqan, Kreml voris qidirmoqda — OAV

Ukraina Mudofaa vazirligiga qarashli Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) manbasiga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘ligi keskin yomonlashgan. Manbalar uning buyraklari ishdan chiqqanini, Qodirov dializ muolajasida ekanini va shifokorlar uning keyingi ahvoli borasida hozircha hech qanday prognoz bermayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov hozir Chechenistondagi shaxsiy klinikasida davolanmoqda. Uning atrofiga oilaviy klan — teyp a’zolari to‘plangan, ayrim qarindoshlar hatto boshqa davlatlardan ham yetib kelgan.

Ramzan Qodirov sog‘ligining og‘irlashishi fonida Kremlda Chechenistonga yangi rahbar tayinlash masalasi faol muhokama qilinmoqda. GUR manbasiga ko‘ra, Moskva uchun «eng qulay» nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgan.

Ehtimoliy vorislar orasida Davlat dumasi deputati Magomed Daudov, maxsus harbiy tuzilmalar qo‘mondoni Apti Alaudinov hamda Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li — Ahmat Qodirov tilga olinmoqda.

Avvalroq Ramzan Qodirov 20 yoshli o‘g‘li Ahmat Qodirovni Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagani xabar qilingan edi; u shu bilan birga sport vaziri lavozimini ham saqlab qolgan.

Teglar

Mavzuga oid