add

Ramzon Qodirovga «Checheniston Qahramoni» unvoni berildi. Ikkinchi marta!

05.10.2025 | 22:176794

Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda Ramzon Qodirov Checheniston Respublikasining eng oliy mukofoti — «Qahramon» unvoni bilan taqdirlandi. Unga «Oltin yulduz» medali topshirildi.

Ramzon Qodirovga «Checheniston Qahramoni» unvoni berildi. Ikkinchi marta!
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov mamlakatning eng yuqori mukofoti — «Chechen Respublikasi Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. «Oltin yulduz» medali unga Grozniy shahrida yangi hukumat majmuasini ochish marosimi paytida respublika hukumati raisi Magomed Daudov tomonidan topshirildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Qodirov ushbu unvonga davlat oldidagi katta xizmatlari, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilgani, shaxsiy jasorati hamda respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun sazovor bo‘lgan. Magomed Daudov o‘zining Telegram kanalida bu unvonni «chechen xalqi o‘z munosib farzandiga bildirgan chuqur minnatdorlik va yuksak ehtirom belgisi» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Ramzan Qodirov «Axmat hoji Qodirov ishini sharaf bilan davom ettirib, respublikaga tinchlik va barqarorlik olib keldi». «Checheniston Respublikasi Qahramoni» unvoni 2022 yil noyabrida ta’sis etilgan bo‘lib, mukofot 750 probali oltindan yasalgan sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishidagi 70 grammlik medaldan iborat. Medalning yuz qismida «Q’onax» («Qahramon») so‘zi va « Axmat — kuch. Allohu akbar» shiori yozilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu unvon ta’sis etilganida u birinchi bo‘lib Ramzon Qodirovga topshirilgan edi. O‘shandayam uni Magomed Daudov tantanali topshirgandi. Ramzon Qodirov «Rossiya qahramoni» unvoniga ham ega. «Vyorstka» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘liq masshtabli urushi boshlanganidan beri Ramzan Qodirov va uning oila a’zolari kamida 146 ta turli mukofot bilan taqdirlangan. Ulardan 82 tasi respublika ichidagi orden va medallar bo‘lib, Qodirovning o‘zi so‘nggi 41 oyda 31 ta mukofot olgan.

Teglar

Mavzuga oid